<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><lyrics>[V1]
 // Ikkilanuvchilardan nafratlanaman
 Sening qonuningni men sevaman
 Panohim va qalqonim Sensan Rabbim
 Sening soʻzingga umid bogʻlaganman //

[P1]
   Ey badkirdorlar mendan uzoqlashing
   Xudoyimning amrlarini tutib yurayin
   Oʻz amring boʻyicha mahkam ushla qoʻlimdan
   Yashayverayin koʻnglimni sovutma umidimdan

[C1]
   // Menga madad yuborgin
   Xalos boʻlayin
   Insonlaringa sinchiklab qarayin mudom
   Qoidalaringdan chiqqan barchani Sen rad qilasan
   Mana behudadir ularning xiylayu nayrangi //
   Mana behudadir ularning xiylayu nayrangi

[V2]
 Yer yuzidagi hamma betavfiqlarni
 Sen chiqitday supurib tashlaysan
 Sendan qoʻrqqanimdan vujudimni titroq bosdi
 Hukmlaringdan men juda qoʻrqaman
 Yer yuzidagi hamma betavfiqlarni
 Sen chiqitga supurib tashlaysan
 Menku Sening vahiylaringni sevaman
 Hukmlaringdan men juda qoʻrqaman</lyrics>
<title>Ikkilanuvchi</title>
</song>